Daryo

HAMASning G‘azoga oid javobiga Trampning munosabati Netanyaxuni hayratga soldi — Axios

Bundan oldin Tramp Truth Social tarmog‘ida HAMAS harakati “barqaror tinchlikka tayyor” ekanini yozgan edi. Amerika rahbarining qo‘shimcha qilishicha, “garovga olinganlarni tez va xavfsiz olib chiqish uchun Isroil G‘azoni bombardimon qilishni darhol to‘xtatishi kerak”.

1 daqiqa o‘qish1 226 ko‘rishlar0 izoh2

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Trampning HAMAS tinchlikka tayyor ekanini va yahudiy davlati G‘azo sektorini bombardimon qilishni to‘xtatishi kerakligi haqidagi bayonotidan hayratda qoldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida AQSHning Axios internet-portali jurnalisti Barak Ravid manbalarga tayanib ma’lum qilgan.

“Isroillik amaldor ta’kidlaganidek, Netanyaxu Prezident Trampning javobidan hayratga tushdi”, deya yozadi muxbir.

​Uning manbasiga ko‘ra, Netanyaxu HAMASning javobi aslida “Tramp rejasini rad etish” deb hisoblagan.

Jurnalistning aniqlashtirishicha, Isroil Bosh vaziri bu nuqtai nazarni Trampning bayonoti e’lon qilinishidan oldin AQSH tomoni bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda bildirgan. Manbaning aytishicha, Netanyaxu ushbu maslahatlashuvlar davomida “AQSH bilan ularning javob choralarini kelishib olish zarurligini” ta’kidlagan.

Bundan oldin Tramp Truth Social tarmog‘ida HAMAS harakati “barqaror tinchlikka tayyor” ekanini yozgan edi. Amerika rahbarining qo‘shimcha qilishicha, “garovga olinganlarni tez va xavfsiz olib chiqish uchun Isroil G‘azoni bombardimon qilishni darhol to‘xtatishi kerak”.

HAMAS Tramp rejasiga muvofiq barcha asirlarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, harakat G‘azo sektorini boshqarishni falastinlik texnokratlardan iborat mustaqil hokimiyat organiga topshirishga rozi bo‘lgan.

3-oktyabr kuni Tramp, agar HAMAS 5 oktyabr kechgacha uning tinchlik rejasi shartlarini qabul qilmasa, “misli ko‘rilmagan do‘zax” bilan tahdid qilgan. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar