Daryo

Netanyaxu Trampdan hududlarni qo‘shib olishga ruxsat so‘ramoqchi — Axios

Sentyabr oyi boshida Netanyaxu AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan Quddusda uchrashganda, Falastinni o‘ziga qo‘shib olishning turli variantlarini ko‘rib chiqayotganini aytgan.

1 daqiqa o‘qish404 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Trampdan Falastin hududlarini o‘ziga qo‘shib olish uchun “yashil chiroq” kutmoqda. Bu haqda Axios portali o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

“Isroil rasmiylarining aytishicha, Netanyaxu hududlarni o‘ziga qo‘shib olishga oid harakatlarni boshlashdan oldin Trampdan ruxsat olmoqchi”, deyiladi xabarda.

​Axios’ning yozishicha, sentyabr oyi boshida Netanyaxu AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan Quddusda uchrashganda, Falastinni o‘ziga qo‘shib olishning turli variantlarini ko‘rib chiqayotganini aytgan.

“Bu G‘arbiy qirg‘oqning 60 foizini Isroil hududi deb e’lon qilish degani bo‘lardi”, deya xulosa qiladi portal.

​Shu bilan birga, Tramp ma’muriyatida Isroilga bunday imkoniyat berishga “xohish yo‘qligi” ta’kidlanmoqda.

18-sentyabr kuni AQSH BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish, ushlab turilganlarni ozod qilish va aholiga gumanitar yordam yetkazish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilishni yana bir bor to‘sib qo‘ydi. Xavfsizlik Kengashining o‘n minginci yig‘ilishida hujjatga qarshi faqat AQSH ovoz berdi, qolgan 14 a’zo, jumladan doimiy a’zolar (Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya) uni qo‘llab-quvvatladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar