Daryo

Kilian Mbappening “Real”da qancha maosh olishi aniq bo‘ldi 

Futbolchi yozda “PSJ”ni tark etib, madridliklar safiga qo‘shilgan edi

1 daqiqa o‘qish56 940 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyalik futbolchi Kilian Mbappening “Real”da qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi.

Mbappe madridliklar safida bonuslar bilan birga yiliga 36 million yevro maosh oladi. Bu haqida jurnalist Ramon Alvares de Mon o‘z X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi” Toni Kroos (taxminan 20 million yevro maosh olgan), Xoselu (2 million yevro) va Nacho Fernandes (10 million yevro) jamoani tark etganidan so‘ng o‘z ish haqida fondini kengaytirgan.

Shuningdek, 39 yoshli futbolchi Luka Modrich o‘tgan yozda klub bilan shartnomasini uzaytirish chog‘ida o‘z maoshini 24 milliondan 12 million yevroga tushirishga rozi bo‘lganligi tufayli, mablag‘larning bir qismi bo‘shab qolgan.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar