Daryo

“Real” shifokorlari Mbappening sog‘lom tizzasini davolashgani ma’lum bo‘ldi

“Qirollik klubi”ning sobiq parhezshunosi Itsiar Gonsales ijtimoiy tarmoqlarda jamoa shifokorlari haqida kutilmagan ma’lumotlarni ochiqladi.

1 daqiqa o‘qish4 380 ko‘rishlar0 izoh2

“Real Madrid” klubining sobiq parhezshunosi (nutritsiologi) Itsiar Gonsales ijtimoiy tarmoqlarda jamoa shifokorlari haqida kutilmagan ma’lumotlarni ochiqladi. COPE nashrining yozishicha, klub shifokorlari Kilian Mbappening jarohatlangan chap tizzasi qolib, sog‘lom o‘ng tizzasini davolashgan. Bu xatolikdan so‘ng Mbappe g‘azablangan va boshqa shifokor yordamida tizzasini davolatgan. Shu voqea sababli yanvar oyida klubning butun tibbiy shtabi ishdan haydalgan.

Jamoada 2021-yildan 2025-yilgacha ishlagan Gonsalesning aytishicha, “Real”da futbolchilarga vitamin va qo‘shimcha dori-darmonlarni ChatGPT’ning bepul versiyasi maslahati bilan berishgan.

“Qaysi biri yomonroq ekanini ham bilmayman: tizzani adashtirib davolashmi yoki klubda vitaminlarni ChatGPT’ning bepul versiyasidan so‘rab berishlarimi?”, deb yozadi Gonsales.

Shuningdek, mutaxassis klub rahbariyatidan futbolchilarning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, “tanish-bilishchilik” orqali kelgan bilimsiz xodimlardan voz kechishni so‘ragan.

“Kilianga rahmat. Umid qilamanki, klub endi futbolchilarning sog‘lig‘ini xavfga qo‘yadigan havaskorlarni emas, balki bilimli professionallarni ishga oladi”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu voqealar ortidan “Real” tibbiy departamentida katta tozalash ishlari o‘tkazilgan va hozirda klub yangi shifokorlar jamoasini shakllantirmoqda.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La Liganing 29-turidan so‘ng “qaymoqranglilar” 69 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Barselona” hisobida esa 29 ta uchrashuvdan keyin 73 ochko mavjud.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar