Daryo

Toshkent shahrida sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish6 814 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 va Ai-95 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati
O‘rganishlar davomida bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan AYQSHda ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron, Yangiyo‘l va Parkent tumanidagi AYQSHlarda ham Ai-92 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlangani xabar qilingan edi.

“O‘zenergoinspeksiya” Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Surxondaryoda benzindan “urib” qolayotgan AYQSH aniqlangandi

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar