Daryo

Surxondaryoda benzindan “urib” qolayotgan AYQSH aniqlandi

Kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar AYQSHning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi

1 daqiqa o‘qish18 096 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryo viloyatida benzinni ko‘rsatilgan miqdordan kam bergan AYQSHning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda  “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati

O‘rganishlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan AYQSHda iste’molchilarga avtobenzinni to‘la hajmda sotilishi namunaviy o‘lchagich yordamida o‘lchab ko‘rilganda, ruxsat etilgan me’yordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQSHda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtirok etishi to‘xtatilgan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar