Daryo

“Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

“Davr bank”ning tashqi reklamasida kredit bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlar ko‘rsatilmagani aniqlandi

1 daqiqa o‘qish7 036 ko‘rishlar0 izoh0

“Davr bank” ATBning tashqi reklamasida kredit bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlar ko‘rsatilmagani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “Davr bank” tomonidan e’lon qilingan tashqi reklamalarda “Davr Mobile ilovasida 50 000 000 so‘mgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalanish uchun ajratilishi, Davr Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirilishi, qarz oluvchi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy ish joyiga hamda oylik daromadga ega bo‘lgan bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mikroqarz muddati – 60 oygacha, foiz stavkasi – 43 foiz, qarz miqdori – 50 million so‘m etib belgilanganligi aniqlangan.

Mikroqarz bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlar tashqi reklamada ko‘rsatilmagan.

Shuningdek, Toshkent shahrining bir qator ko‘chalarida joylashgan LED monitorli reklama obyektlarida “Tadbirkorlar uchun 24 foizdan 5 milliard so‘mgacha kredit” mazmunidagi reklamalar joylashtirilgan.

Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda kredit:

  • asosiy vositalarni sotib olish uchun;
  • muddati – 60 oygacha;
  • foiz stavkasi – 32,99 foiz;
  • miqdori – 5 milliard so‘mligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Kredit bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muhim ma’lumotlar tashqi reklamada ko‘rsatilmagan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan qonun talablari buzilish alomatlari yuzasidan “Davr bank”ka nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilingan. Shuningdek, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar