Daryo

Abduqodir Husanovga “Chelsi” qiziqish bildirmoqda 

Ingliz jamoasi Husanovning harakatlarini kuzatish uchun Fransiyaga skautlarini jo‘natgan

1 daqiqa o‘qish40 138 ko‘rishlar2 izoh0

Fransiyaning “Lans” jamoasida to‘p suruvchi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Yevropaning qator klublari nishoniga aylandi.

Foto: Getty Images

Husanovga Angliyaning “Chelsi” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” skautlarining faoliyatini yoritib boruvchi Haitham X sahifasi “Chelsi” Abduqodirni kuzatish uchun Fransiyaga o‘z skautlarini jo‘natganini yozgan. Skautlar “Lans”ning “Lill”ga qarshi o‘yinida (26-oktyabr) 20 yoshli himoyachining harakatlarini kuzatadi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Fransiya chempionatida 8-tur yakunlariga ko‘ra ramziy jamoadan o‘rin olgandi. 

Qayd etib o‘tish joiz, “Lans” Liga 1 da 14 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda. 

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar