O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 20-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Chelsi” uchrashuvida (1:1) zaxiradan maydonga tushib, 39 daqiqa harakat qildi.
Husanov o‘yin davomida 30 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 26 bor uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 24 tasi aniq manzilga yetib bordi — 92 foiz. Sofascore portali futbolchining harakatlarini 6,4 ball bilan baholadi.
Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:
- Himoyaviy harakatlar: 4 ta
- Raqibdan to‘pni qaytarib olish: 1 marta (muvaffaqiyatli)
- Raqib zarbasini to‘sib qolish: 1 ta
- Tozalashlar: 2 ta
- Yerda kurashlar: 1 ta (muvaffaqiyatli)
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Manchester Siti”ning o‘yindagi yagona goliga mualliflik qilgan Teyani Reynders e’tirof etildi. Sofascore futbolchining harakatlarini 8,2 ball bilan baholagan. “Chelsi”ning goliga mualliflik qilgan Enso Fernandesh esa 7,7 ballga loyiq ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini Angliya Premyer Ligasi 21-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 8-yavar kuni bo‘lib o‘tadi.








