Angliya Premyer Ligasi 20-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Chelsi” o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Manchesterdagi “Etihad” stadionida o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.
Uchrashuvdagi hisob 42-daqiqada Tijjani Reynders tomonidan ochildi. 90+4-daqiqada esa Enso Fernandes gol kiritib, “Chelsi”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Pep Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 42 taga yetkazgan holda “Aston Villa”ga tenglashib oldi va to‘plar nisbatiga ko‘ra turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadam “Arsenal” 48 ochkoga ega. “Chelsi” 20-turdan so‘ng 31 ochko bilan 5-o‘ringa joylashdi.
“Manchester Siti” APL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 8-yanvar kuni “Brayton”ga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 51-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Angliya Premyer ligasi
20-tur
“Manchester Siti” — “Chelsi” 1:1
Gollar: 1:0 — Reynders (42), 1:1 — Fernandes (90+4)








