Daryo

Lionel Messi MLS’da oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Oktyabr oyida argentinalik futbolchi 3 ta o‘yinda qatnashdi va 5 ta gol urdi

1 daqiqa o‘qish6 228 ko‘rishlar0 izoh0

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS’da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida 37 yoshli argentinalik futbolchi MLS’da uchta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Lionel Messi liga tarixida zaxiradan maydonga tushib uchta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi va MLS rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari, Messi “Inter Mayami” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Argentinalik futbolchi klub uchun 33 ta gol urdi va 32 ta gol urgan ekvadorlik hujumchi Leonardo Kampanani ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, “Inter Mayami” 34 o‘yinda 74 ochko to‘pladi va chempionatda birinchi o‘rinni egalladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar