Daryo

Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin — manba

Argentinalik hujumchi yangilangan “Kamp Nou”da yana o‘ynashni istamoqda

1 daqiqa o‘qish34 831 ko‘rishlar0 izoh5

Argentina terma jamoasi va AQSHning “Inter Mayami” klubi  hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Aleks Kandal o’zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabar berdi.

Foto:AFP

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashdan oldin yangilangan “Kamp Nou”da o‘ynashni istamoqda. Shuningdek, kataloniyaliklar ham Messining qaytishi bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. Hujumchi 2025-yil oxirida MLS’da mavsum yakunlangach, “Barselona”ga qaytishni mo‘ljallamoqda.

Messi 2023-yildan beri “Inter Mayami” safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yil dekabriga qadar amal qiladi.

Argentinalik hujumchi 2004–2021-yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Futbolchi Kataloniya klubi safida 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, Leo joriy mavsum MLS’ning 1-tur uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. “Inter Mayami” esa dastlabki turdan so‘ng 1 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar