Daryo

Messi gol kiritgan bahsda “Inter Mayami” dahshatli kambek qurboni bo‘ldi

MLS muntazam chempionati 11-turi doirasida “Orlando Siti” uchta to‘p farqini yo‘qqa chiqarib, so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi.

1 daqiqa o‘qish5 973 ko‘rishlar0 izoh8

AQSHning “Inter Mayami” klubi MLS muntazam chempionati 11-turi doirasida o‘z maydonida “Orlando Siti”dan alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Mayamidagi uchrashuv 3:4 hisobida yakunlandi. Maydon egalari Yen Frey (4-daqiqa), Telasko Segoviya (25-daqiqa) va Lionel Messi (34-daqiqa) kiritgan gollardan so‘ng 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Shuningdek, Messining hisobida bitta golli uzatma ham mavjud.

Shundan so‘ng mehmonlar hujumkirlikka urg‘u berdi va dahshatli kambek amalga oshirdi. Jamoa safida Martin Oxeda xet-trik qayd etgan bo‘lsa (39, 68, 78-daqiqalarda penaltidan), Tayriz Spayser (90+3-daqiqa) yana bir golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, “Inter Mayami” 19 ochko bilan Sharqiy konferensiya jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Orlando Siti” esa 10 ochko jamg‘argan holda 13-pog‘onadan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Inter Mayami” safida 100-o‘yinda maydonga tushdi. Argentinalik futbolchi shu vaqt mobaynida 86 ta gol va 45 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning MLS klubi bilan shartnomasi 2028-yilning 31-dekabr kuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portal Messining bozor qiymatini 15 million yevroga baholagan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar