Daryo

Toshkentdagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Lacetti haydovchisi yo‘lovchilarni urib yuborib, o‘zi ham daraxtga borib urilib, vafot etgan

1 daqiqa o‘qish15 903 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi.

Foto: Videodan kadr

Poytaxt YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 22-oktyabr kuni soat 06:20 larda Bunyodkor shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1985-yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan ikki nafar piyoda — 1953-yilda tug‘ilgan S.K. va 1960-yilda tug‘ilgan K.S.ni urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Oqibatda haydovchi va piyodalardan biri olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Yana bir piyoda 1960-yilda tug‘ilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar