Daryo

“Hizbulloh” 500 mln dollarlik oltin, naqd pulni Bayrutdagi shifoxona ostida yashirmoqda — Isroil armiyasi (video)

Shifoxonadan xodimlar va bemorlar evakuatsiya qilindi. Tibbiy muassasa rahbari Isroilni tuhmatda aybladi

1 daqiqa o‘qish15 779 ko‘rishlar0 izoh0

Livanning “Hizbulloh” guruhi Bayrutdagi shifoxona ostidagi bunkerda 500 million dollar naqd pul va oltin yashirgan. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Daniel Hagariga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

Foto: Isroil mudofaa kuchlari

U Livan hukumati va xalqaro tashkilotlarni “Hizbulloh”ning bu boyliklardan Isroilga qarshi hujumlar uchun foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Hagarining so‘zlariga ko‘ra, gap Bayrut janubidagi Al-Sahel klinikasi haqida ketmoqda. U Isroil armiyasi shifoxonaga hujum qilish niyatida emasligini aytgan.

Shuni ta’kidlamoqchiman: biz Livan xalqi bilan urush holatida emasmiz, degan Hagari.

Livan televideniyasi ehtiyot chorasi sifatida xodimlar va bemorlar shifoxonadan ko‘chirilgani haqida xabar bergan.

O‘z navbatida, klinika boshqaruvchisi Fadi Alameh Isroilni tuhmatda ayblagan. U Livan armiyasini kasalxona hududiga kirib, u yerda faqat bemorlar, operatsiya xonalari va morggina joylashganini tasdiqlashga chaqirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar