Daryo

Axios: “Hizbulloh” Erondan Isroilga hujum qilishni so‘radi  

Eron rasmiylari bunday harakatlarning “hozir mavridi emas”ligini aytib, rad javobini bergan

1 daqiqa o‘qish5 818 ko‘rishlar0 izoh0

Livanning “Hizbulloh” shia harakati Eron hukumatidan Isroilga hujum uyushtirishni so‘ragan, biroq Tehron rad javobini bergan. Bu haqda G‘arb va Isroil diplomatlariga tayanib, Axios portali xabar berdi.

Foto: AP Photo

OAV xabarlariga ko‘ra, “Hizbulloh” Erondan 31-iyul kuni Tehronda HAMAS harakatining siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani yo‘q qilgani uchun Isroilga javob qaytarishni so‘ragan. Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etishi rejalashtirilgani sababli rasmiylar bunga javob berishning “hozir vaqti emas”ligini aytgan.

Yahudiy amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Isroil rasmiylari mamlakat armiyasidan Erondan javob qaytarishga undaydigan harakat qilmasliklarini so‘ragan.

17 — 18-sentyabr kunlari Livanning turli hududlarida peyjerlar va ratsiya qurilmalarining ketma-ket portlashi sodir bo‘lganidan so‘ng Yaqin Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashdi. 

19-sentyabr kuni Isroil Livan hududiga havo hujumlari uyushtirgan. 23-sentyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ga qarshi “Shimol o‘qlari” deb nomlangan qarshi operatsiya boshlaganini e’lon qilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar