Daryo

BAA kompaniyasi O‘zbekistonga kamyob dori vositalarini yetkazib bermoqchi

Birinchi bosqichda kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi

1 daqiqa o‘qish4 280 ko‘rishlar0 izoh0

BAAning MBS Global Investments kompaniyasi tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib beradi, deya xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Foto: “Dunyo” AA

O‘zbekiston diplomatlari ushbu kompaniya ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashdi. BAA vakili O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarni Julphar kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib berishga qiziqish bildirildi.

“Birinchi bosqichda tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kompaniya infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.

Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar hamda O‘zbekistonda qabul qilingan xususiylashtirish dasturi bilan batafsil tanishish maqsadida noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar