Daryo

Ispaniya Isroilga qurol eksportini to‘xtatishga chaqirmoqda

Ispaniya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati boshidanoq “zo‘ravonlik va urush avj olishiga hissa qo‘shmaslik” pozitsiyasiga amal qilgan

1 daqiqa o‘qish5 951 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches xalqaro hamjamiyatni Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli Isroilga qurol eksportini imkon qadar tezroq to‘xtatishga chaqirdi.

“O‘ylaymanki, Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan barcha voqealardan kelib chiqib, xalqaro hamjamiyat Isroil hukumatiga qurol eksport qilishni to‘xtatishi zarur”, dedi u Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Foto: AP

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya hukumati boshidanoq “zo‘ravonlik va urush avj olishiga hissa qo‘shmaslik” pozitsiyasiga amal qilgan va  2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroilga birorta turdagi qurol yoki harbiy material eksport qilmagan. 

Bundan tashqari, Sanches “xalqaro gumanitar huquqning har qanday buzilishini keskin qoralashini” yana bir bor ta'kidladi. Bosh vazir Isroil Livandagi BMT muvaqqat tinchlikparvar kuchlari shtab-kvartirasini o‘qqa tutganidan alohida xavotir bildirdi.

Payshanba kuni BMTning Livan janubidagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) matbuot xizmati Livan janubidagi tinchlikparvar kuchlarning shtab-kvartirasi va bir qator kuzatuv postlari Isroil tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilgani, bir necha tinchlikparvar kuchlar jarohatlanganini ma’lum qildi.

1-oktyabrdan beri Isroil Livan janubida “Hizbulloh” kuchlariga qarshi quruqlikdagi operatsiyani olib bormoqda va qo‘shni davlatni havodan bombardimon qilishda davom etmoqda. Bu yerda allaqachon 2 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” quruqlikdagi janglarni olib bormoqda va Isroil hududiga raketa hujumlarini to‘xtatmayapti.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar