Daryo

Farg‘onada uyining darvozasi oldida turgan erkakni avtomobil urib yubordi 

Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan

1 daqiqa o‘qish57 264 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida uyining darvozasi oldida turgan erkakni avtomobil urib yubordi.

Darvozaga kelib urilgan Lacetti
Foto: “Millar” dasturidan lavha

Aniqlanishicha, 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomobilini haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda uyining darvozasi oldida turgan 57 yoshli fuqaroga kelib urilgan, og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti yuqori tezlikda kelib, oziq-ovqat  do‘koniga urilgani haqida xabar berilgan edi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar