Daryo

Samarqandda Lacetti yuqori tezlikda kelib, oziq-ovqat do‘koniga urildi 

Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan

1 daqiqa o‘qish5 948 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Lacetti yuqori tezlikda kelib, oziq-ovqat  do‘koniga urildi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi. 

Foto: Samarqand YHXB

Unga ko‘ra, holat 3-sentyabr kuni soat 16:20 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Mundiyon” MFY hududidan o‘tuvchi “Zarafshon traktining o‘ng qirg‘og‘i” 4R-48 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Lacetti’ni Kattaming—Kadan yo‘nalishida boshqarib kelib, yo‘lning o‘ngga qiya burilish joyida tezligi yuqori bo‘lgani sababli oziq-ovqat do‘koniga kelib urilgan. 

Oqibatda do‘kon ichida bo‘lgan bir nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqand shahrida “Volga”ga urilgan Nexia-2 yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar