Daryo

Isroil Livanga quruqlikdan operatsiya boshladi (video) 

Livan janubidagi falastinlik qochqinlar lageriga ham aviazarbalar berildi

1 daqiqa o‘qish32 869 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil mudofaa armiyasi 30-sentyabr kuni tunda Livan bilan chegarada quruqlikdagi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.

Foto: Telegram

Yahudiy armiyasi bayonotiga ko‘ra, Livan janubidagi chegara zonasidagi “Hizbulloh” guruhining obyektlariga qaratilgan “cheklangan operatsiya” boshlangan.

Bir necha soat oldin Isroil mudofaa armiyasi aniq razvedka ma’lumotlari asosida Livanning janubidagi “Hizbulloh” obyektlari va infratuzilmasiga qarshi cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli quruqlikdan reydlarini boshladi. Ushbu nishonlar chegara yaqinidagi qishloqlarda joylashgan va Isroil shimolidagi Isroil jamoalariga bevosita tahdid soladi, deyiladi bayonotda.

Harbiylar Isroil harbiy-havo kuchlari va artilleriya ushbu hududdagi harbiy nishonlarga aniq zarbalar berib, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi. 

Axios portali Isroil rasmiylariga tayanib ma’lum qilishicha, hukumat yig‘ilishida ma’qullangan Livan bilan chegaradagi operatsiya ham vaqt, ham ko‘lam jihatidan cheklangan bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u Livanning janubiy hududlarini bosib olishga qaratilgan emas.

Bundan tashqari Isroil Sayda shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga ham zarba bergani, kamida 5 kishi halok bo'lgani ma‘lum qilingan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar