Daryo

Andijonda ikki holatda jami 612 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 502 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Andijon tumanida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Maʼlum qilinishicha, Andijon tumanida “A” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarishda “Beshpahlavon” MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan. Natijada 411,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.  

Shuningdek, “V.k.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar MCHJning Andijon tumani, “Otchopar” MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 200,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar