Daryo

O‘zbekistonda 25-mart kuni davlat tashkilotlarida “svet” bir soatga o‘chiriladi

Bunga “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkazilishi sabab bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish9 634 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chiriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish.

Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissangizni qo‘shasiz va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirasiz, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, ushbu aksiya 2024-yili ham o‘tkazilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar