Daryo

“Sud mehr-saxovat tashkiloti emaski, hamma ishni davlat bojisiz ko‘rsa” — Oliy sud masʼuli

Avvalroq fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda videochiqish qilib, Oliy sud raisiga murojaat yo‘llagan va sud uning daʼvosini ko‘rib chiqmayotganini aytgan edi

1 daqiqa o‘qish24 790 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining Parkent tumanida Oliy sud, AOKA, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda USAID hamkorligida “Ommaviy axborot vositalarida sudlar faoliyatini yoritish: qonun talabi va masʼuliyatli yondashuv” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda seminarda ishtirok etayotgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Mazkur seminar-treningning avvalgilaridan farqli tomoni shundaki, bugungi tadbirda Oliy sud raisi o‘rinbosari, AOKAning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Oliy sud axborot xizmati, viloyat hamda Toshkent shahar sudi axborot xizmati rahbarlari ham qatnashib, OAV vakillari savollariga shaxsan javob qaytarishi kutilmoqda.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Tadbirda OAV vakillari savollariga javob qaytargan Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali videochiqish qilib, Oliy sud raisiga murojaat yo‘llagan va sud uning daʼvosini ko‘rib chiqmayotganini aytgan fuqaro haqida ham gapirdi.

Masʼulning tushuntirishicha, murojaatchi ishi sudda ko‘rib chiqilishi uchun lozim bo‘lgan davlat bojini to‘lashdan bosh tortib, buni internet orqali chiqish yo‘li bilan tekin ko‘rilishiga erishmoqchi bo‘lgan.

Foto: Oliy sud axborot xizmati
Foto: Oliy sud axborot xizmati
Sud mehr-saxovat tashkiloti emaski, hammaning arizasini bepul, davlat bojisiz ko‘rilishini taʼminlaydigan. Bu qonun bilan belgilangan tartib, daʼvogar Fuqarolik sudiga murojaat qilyaptimi, daʼvo talabi ko‘rib chiqilishi uchun davlat bojini to‘lashi kerak bo‘ladi. Buni advokat-huquqshunoslar ham qo‘llab videoni tarqatishi juda achinarli holat, deydi Oliy sud axborot xizmati rahbari.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar