Daryo

Andijondagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in bir soatda o‘chirildi (video) 

Yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish25 882 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatidagi zavodda yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, 10-sentyabr kuni soat 23:58 da Andijon shahar Yangi aylanma ko‘chasida joylashgan “Uz Koram Ko” MCHJda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Soat 00:06 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 00:55 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Holat natijasida MCHJning shamollatish ventilyatsiya shaxtasida 90 m kv maydonda bo‘yoq qoldiqlari yonib zararlangan. Tan jarohati holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bundan avval Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexi binosida 10-sentyabr kuni soat 14:15 da yong‘in sodir bo‘lgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar