Daryo

Parij—2024. To‘rabek Habibullayev fillippinlik bokschi ustidan g‘alaba qozondi 

20 yoshli sportchi barcha raundlarda tajribali raqibidan ustun keldi

1 daqiqa o‘qish16 638 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari davom etmoqda.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy jamoasining eng yosh a’zosi To‘rabek Habibullayev 1/8 finalda filippinlik Eumir Marsyalga qarshi ringga ko‘tarildi. 

20 yoshli sportchi barcha raundlarda tajribali raqibidan ustun keldi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

To‘rabek Habibullayev chorak final jangini 2-avgust kuni o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov o‘z janglarini o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar