Daryo

Samarqandda 15 yoshli bolani “samosud” qilgan shaxs 1,5 yilga qamaldi

Samarqandda maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani haqida xabar berilgandi

1 daqiqa o‘qish5 194 ko‘rishlar0 izoh0

May oyida Samarqandda maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani haqida xabar berilgandi. 

Foto: Videodan kadr

16-may kuni Past Darg‘om tumani IIBga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. tan jarohati olgani to‘g‘risida uning onasi J.I.dan ariza kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida taʼlim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz Q.A.ga sevishini aytgan. So‘ng qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni bolani o‘z uyiga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 29-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudida mazkur bolaga zo‘ravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi ko‘rib chiqilib, A.Q. aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar