Daryo

O‘zbekistonda litsenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi

Ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turi bittaga birlashtirilmoqda

1 daqiqa o‘qish7 252 ko‘rishlar0 izoh0

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirish munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning farmoniga muvofiq “Eksport nazorati obyektlarini olib chiqish uchun ruxsatnoma” va “Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya” hujjatlari bitta turga — “Maxsus tovarlarni eksport va import qilish uchun ruxsatnoma”ga birlashtirilgan edi. Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • ruxsat beruvchi hujjatlarning ikki turini bittaga birlashtirish;
  • tovarlarning maxsus turlarini eksport va import qilish uchun litsenziya pasportini tasdiqlash;
  • O‘zbekiston prezidenti va hukumati qarorlariga muvofiq eksport qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qilish uchun ruxsatnoma pasportini tasdiqlash;
  • ayrim ruxsat berish jarayonlarini, shuningdek, litsenziyalash va avtorizatsiya jarayonlaridagi takrorlanuvchi jarayonlarni bekor qilish;
  • litsenziyalash, ruxsatnomalar va xabardor qilish sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boshqaruvida amalga oshiriladigan maʼmuriy jarayonlar bilan muvofiqlashtirish;
  • litsenziyalar va ruxsatnomalar tabiati bilan bog‘liq hujjatlarni berish muddatlarini ish kuniga ko‘chirish.

Xususan, asosiy o‘zgartishlar 2022-yilda hukumqat qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilmoqda.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 15-iyuldan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil avgustda Vazirlar Mahkamasining “Harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar muomalasi hamda bo‘shatilayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar