Daryo

Farg‘onada 110 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish4 622 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatida tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, dpartamentning Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqarolar N.J. va A.K. umumiy ovqatlanish shoxobchasini tashkil etib, besh dona gaz plita va boshqa uskunalarni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 110,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avalroq Andijon shahrida alyumin mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi 6,7 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida suv nasosi stansiyasi va bitta gaz zapravka 3 milliard so‘mdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar