Daryo

Farg‘onada 2,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi 

Zapravkadagi elektron gaz hisoblagichi monifolt qismiga o‘rnatilgan tamg‘a uzilgan

1 daqiqa o‘qish12 132 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatida suv nasosi stansiyasi va bitta gaz zapravka 3 milliard so‘mdan ziyod energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Quvasoy shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “E.G.S.” MCHJga qarashli AGTKSHning elektron gaz hisoblagichi monifolt qismiga o‘rnatilgan tamg‘a uzilib, jami 2,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shuningdek, Toshloq tumanida joylashgan Farg‘ona nasos stansiyasi energetika boshqarmasi Toshloq tumani bo‘limiga qarashli suv nasosi uskunalarining elektr tarmoqlariga noto‘g‘ri ulanishi natijasida ikkita holat aniqlangan. Buning natijasida jami 808,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani maʼlum bo‘lgan.

Avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ikki nafar fuqaro 917,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarmida 550 milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar