Daryo

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-iyul kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Tashrif doirasida o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinadi

1 daqiqa o‘qish9 307 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azymbaqiyev ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Tashrif doirasida prezident Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Qirg‘iziston—O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, — deyiladi xabarda.

Tashrif davomida Qirg‘iziston rahbari O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimida ham qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat rahbarlari ishtirokida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ochilish/ishga tushirilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida Qirg‘iziston—O‘zbekiston biznes-forumi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi kabi qator tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga so‘nggi marta 2023-yilning noyabrida, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ishtirok etish uchun kelgandi. Davlat tashrifi bilan esa 2021-yilning mart oyida kelgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar