Daryo

O‘zbekiston Qirg‘izistonga yana insonparvarlik yordamini yubormoqda

Hozirda “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan

1 daqiqa o‘qish16 064 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti nomidan O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Qayd etilishicha, ayni daqiqalarda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.

Andijon viloyati hokimi va qator mutasaddilar ishtirokida insonparvarlik karvoni Qirg‘iziston tomon jo‘nab ketish arafasida”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 14-iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatildi.

  • Bundan oldin 28-iyun kuni O‘sh viloyati Nookat tumani Abshir Ota qishlog‘iga sel kelishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgandi.
  • 2-iyul kuni qurbonlar soni 10 kishiga yetgan.
  • O‘shanda O‘zbekiston seldan jabr ko‘rgan O‘sh viloyatiga 3-iyul kuni insonparvarlik yordami yuborgan edi. 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar