Daryo

Buxoroda erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani kaltakladi 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish32 416 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Olot tumanida erkak o‘g‘li bilan urishgan 5 yashar bolani kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatga izoh berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. IIBga xabar berib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019-yilda tug‘ilgan A.Y. tan jarohati bilan olib kelinganini bildirgan. 

O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24-iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.Y. boshqa bola — A.S. (2019-yilda tug‘ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S.ning otasi X.F. A.Y.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan. 

Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Avvalroq Buxoroda farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga qamalgani, Samarqandda bog‘chadagi bolalardan biri 3 yoshli qizning qo‘llaridan tishlab, jarohat yetkazgani, Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolaning yuziga bir necha bor tarsaki tushirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar