Daryo

Jizzax hududidan o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketdi

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish13 692 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 998-kilometrida 15-iyun kuni soat 12:50 larda Cobalt yonib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyati YHXB xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati YHXB

Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli, 85K600JA davlat belgili avtomashinasida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan. 

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Foto: Jizzax viloyati YHXB

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar