Daryo

Toshkentda Mercedes-Benz mikroavtobusi yonib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish12 902 ko‘rishlar0 izoh0

Uchtepa tumani THAY ko‘chasi 18-avtobus saroyi qarshisida 15-iyun kuni soat 11:30 larda Mercedes-Benz avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, avtomashina salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lgani sabab yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar