Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.I. egaligida bo‘lgan 27 ta avtomashinaning 81 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jarima to‘lagan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi axboorot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.
![](/static/2023/photo_2023-12-13_18-35-56.jpg)
Aniqlanishicha, fuqaro M.I. mashina oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, turli rusumdagi 27 ta mashina sotgan bo‘lsa-da, ushbu avtoulovlar sotib olgan xaridorlar nomiga o‘tkazilmagan.
Shu asnoda, byuro xodimlari qarzdor M.I.ga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan 81 ta maʼmuriy jarima pullarini to‘lab qo‘yishi zarurligini tushuntirgan, — deyiladi MIB axborotida.
Qarzdor M.I. 32 million 994 ming so‘m maʼmuriy jarima pullarini to‘lashga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)