Daryo

Toshkentning qator manzillarida elektr energiyasi va gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Bunga joylarda ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘lmoqda

1 daqiqa o‘qish25 676 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 18-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Bektemir tumani — “Musaffo” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Sergeli tumani —“Sahovat” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Olmazor tumani “Universitet” MFYga 18-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:30 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:

  • aholi isteʼmolchilari — “Universitet” MFY 14 ta ko‘p qavatli uydagi 280 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar soni — 5 ta.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar