Daryo

Qahramon Quronboyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi bo‘ldi

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi

1 daqiqa o‘qish25 228 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tib, unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Qahramon Quronboyev saylandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Jovdatxon Inog‘omov saylandi. Bunga qadar u Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga Abdullo Aslonov saylandi. U bundan avval O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qahramon Quronboyev Prezident Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimida 2023-yilning avgustidan buyon ishlab kelayotgandi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi qarori bilan tashkil etildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 667 ta shtat birliklari qisqartirilib, uyushma, uning hududiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etilishi belgilangandi.

Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar