Daryo

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi sifatida ish boshlaydi

U 2020-yildan beri mazkur lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Feruza Mahmudova o‘rnini egallamoqda

1 daqiqa o‘qish10 062 ko‘rishlar0 izoh0

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi sifatida ish boshlaydi. Bu haqda Isroilning mamlakatdagi elchisi Zehavit Ben-Hillel o‘zining Twitter dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Foto: Twitter
“O‘zbekistonning yangi elchisi etib tayinlanayotgan Jahongir Aminovga omad tilaymiz”, — deb yozadi u.

2019-yilda Jahongir Aminov TIV Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Avvalroq O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova mazkur mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. U 2020-yilning 19-iyun kuni Senat tomonidan O‘zbekistonning Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar