Daryo

“Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

Sud hay’ati mazkur iltimosnomani yana barvaqt kiritilgan iltimosnoma deb baholadi va qanoatlantirishni rad etdi

1 daqiqa o‘qish36 628 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud majlisining 4-oktyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida hindistonlik sudlanuvchining advokati yana himoyasi ostidagi sudlanuvchiga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab iltimosnoma kiritdi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etayotgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Advokat Davron Ahmadov sudda so‘z olar ekan sudlanuvchi S.R.P. (Quramax Medical MCHJ direktori)ning vegetarianligini, shu sabab O‘zbekiston qamoqxonasida ovqatlana olmayotganini, bu esa uning sog‘lig‘ida muammolar tug‘ilishiga sabab bo‘layotganini aytib, unga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishni so‘radi.

Sud hay’ati mazkur iltimosnomani yana barvaqt kiritilgan iltimosnoma deb baholadi va qanoatlantirishni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” sudining dastlabki majlisida ham advokat Davron Ahmadov sud hay’atidan himoyasi ostidagi ayblanuvchining dini, vegetarianligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishni, ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘ragandi. Sud o‘shanda ham mazkur iltimosnomani barvaqt kiritilgan iltimosnoma deb baholab, rad etgandi.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar