Daryo

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

Tashrif davomida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish15 820 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniy taklifiga binoan 1—2-oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “Expo Doxa—2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston—Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniy muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar