Daryo

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari Cho‘lponota shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” ikkinchi sammitida ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish7 454 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti 2-iyun kuni Cho‘lponota shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” ikkinchi sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Bunday formatdagi birinchi mintaqaviy uchrashuv 2022-yil 27-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi siyosiy muhit haqida gapirgan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuv o‘tkazgan, bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar