Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik final jangini o‘tkazadi

14-may kuni musobaqaga yakun yasaladi

1 daqiqa o‘qish25 046 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kunida final janglari o‘tkaziladi.

Foto: Boks federatsiyasi

14-may kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi bellashuvda qatnashadi.

  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev — Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov — Saidel Horta (Kuba);
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston);
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston).

Final janglari 17:00 da boshlanadi.

13-may kuni O‘zbekiston delegatsiya vakillari Bahodir Jalolov (+92 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) finalda g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar