Daryo

Abdumalik Halokov boks bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. Oybek Jo‘rayevda kumush

Ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi final jangida ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish13 678 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligidagi boks bo‘yicha Jahon chempionatining finalidan o‘rin olgan ikki jang yakunlandi.

Abdumalik Halokov
Foto: Boks federatsiyasi

-54 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Oybek Jo‘rayev hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi ringga ko‘tarildi.

Birinchi raundda nisbatan teng kurash kechdi. Keyingi ikki raundda esa Qozog‘iston vakili yaqqol ustunlik qayd etdi, oxirgi raundda Jo‘rayev ikki marta nokdau holatiga ham tushdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Sabirxanning g‘alabasini qayd etdi.

Shu tariqa Jo‘rayev musobaqada kumush medaliga ega chiqdi.

-57 kg vazn toifasida harakat qiladigan Abdumalik Halokov finalda Kuba vakili Saidel Hortaga to‘qnash keldi.

Birinchi raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi raundni ham Abdumalik o‘z hisobiga yozdirdi. Uchinchi raund teng kurash ostida o‘tdi. Hakamlar Halokovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

14-may kuni yana ikki nafar O‘zbekiston vakili jang qiladi.

  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston)
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov — Aslanbek Shimbergenov

Avvalroq Bahodir Jalolov (+92 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) finalda g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar