Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Hasanboy Do‘stmatov amaldagi jahon chempionini yengdi, Halokov ham yarim finalda

O‘zbekistonlik ikki nafar bokschi chorak final jangini o‘tkazdi

1 daqiqa o‘qish14 421 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha Jahon chempionatining 10-may kungi bahslarida o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi o‘z jangini o‘tkazdi.

Foto: Boks federatsiyasi

-51 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi jang qildi. Qiziqarli o‘tgan jangda Do‘stmatov 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Hasanboy ushbu bosqichga qadar marokashlik Said Mortaji, Meksika vakili Alberto Ximenes va kubalik Erislan Romeroni mag‘lub etgandi.

-57 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Abdumalik Halokov esa Iordaniya vakili Ishish Yusuf bilan to‘qnash keldi. Unda o‘zbekistonlik bokschi 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Halokov avvalgi bosqichlarda gayanalik Kevin Alikok va avstraliyalik Charli Seniorni yenggandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar