Daryo

Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

U ishonch yorliqlari nusxalarini TIV rahbari Baxtiyor Saidovga topshirdi

1 daqiqa o‘qish5 002 ko‘rishlar0 izoh0

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Pokistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalari, shuningdek, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilingan.

“Yangi lavozimda ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. So‘nggi vaqtlarda ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib, O‘zbekiston va Pokistonni yanada yaqinlashtirmoqda”, — deb yozadi Saidov o‘zining Telegram’dagi kanaliga.

Ma’lumot uchun, bunga qadar Pokistonning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida Sayyid Ali Asad G’iloniy faoliyat yuritib kelgan. 2019-yilda bo‘lsa Irfan Yusuf Shami Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyatini yakunlagandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar