Daryo

Pavel Durov BAAdagi eng boy odam deb tan olindi

Uning joriy boyligi 15,1 milliard dollarga baholanmoqda. Milliarderlarning umumiy ro‘yxatida esa Durov 123-o‘rinni egalladi

1 daqiqa o‘qish24 737 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Telegram messenjeri asoschisi va egasi Pavel Durov, Forbes talqiniga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)dagi eng boy odam deb topildi. Uning joriy boyligi 15,1 milliard dollarga baholanmoqda. Milliarderlarning umumiy ro‘yxatida esa Durov 123-o‘rinni egalladi.

Foto: Reuters

O‘tgan yili tadbirkorning davlati 17 milliarddan ziyod edi. 2020-yilda u 2,4 milliard, 2019-yilda  — 2,7 milliard, 2018-yilda esa 1,7 milliard dollarga teng bo‘lgandi.

Pavel Durovda to‘rtta davlat — Rossiya, Sent-Kits va Nevis davlati, Fransiya va BAA fuqaroligi bor. U 2022-yildagina BAA fuqaroligini qo‘lga kiritdi. 2017-yildan boshlab biznesmen Dubayda yashaydi. 2021-yil fevralida Pavel Durov Dubay valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan uchrashgandi.

2021-yil bahorida Durov birinchi marta Rossiyaning Forbes nashri versiyasiga ko‘ra rossiyalik milliarderlar o‘nligiga kirgandi. U reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egallagan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar