Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqarosiga aylandi. Bunga Ateo Breaking Telegram-kanali e’tibor qaratgan, deb xabar beradi Meduza.
Bu boradagi tegishli hujjat mamlakat hukumatining rasmiy axborotnomasida 23-avgustda e’lon qilingan.
Fransiya fuqaroligi taqdim etilgan shaxslar qatorida Pavel Durovning ism-familiyasidan tashqari, uning tug‘ilgan joyi va sanasi ko‘rsatilgan (1984-yil 10-oktabr, Leningrad) — bu Telegram asoschisining tug‘ilgan joyi va sanasiga mos keladi.
Durovning o‘zi ushbu xabarga izoh bermagan.
Ma’lumot uchun, Pavel Durov Rossiyadan 2014-yilda chiqib ketgan. Ko‘p o‘tmay u dunyoning ko‘plab mamlakatlariga, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga sayohat qilish imkonini beradigan Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis fuqaroligini olgani ma’lum bo‘lgan. So‘nggi yillarda Durov BAAda yashab kelayotgandi.
Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Pegasus josuslik dasturi orqali kuzatilgan bo‘lishi mumkinligi, Forbes Pavel Durovning farzandlarini ilk bor eng boy merosxo‘rlar reytingiga kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)