2022-yil 12-dekabr kuni “Universalbank” aksiyadorlik tijorat banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida sintetik kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kredit kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
YTTB tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari milliy valyuta ekvivalentida nominatsiya qilinib, mamlakatning kichik biznes sub’ektlari (KBS) tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu bilan moliyalashtirish vositalaridan foydalanish imkoniyati ta’minlaydi va KBS segmentini rivojlantirishda barqaror o‘sish rag‘batlantiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, joriy hujjat bankning uzoq muddatli strategiyasi bilan va kredit siyosatida milliy valyutada resurslarni jalb qilish va ehtimoldagi ichki va tashqi xavflarni hisobga olgan holda, banklarning kredit portfelini dollarlashtirish darajasini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish qismida belgilangan vazifalarga to‘liq mos keladi.
YTTB bilan hamkorlik “Universalbank” tarixidagi muhim davr ekanligini aytib o‘tish lozim.“Universalbank” ATB bosh ofisi tarixiy Qo‘qon shahrida joylashganligi bank xizmatlari bozorining barcha segmentlarida kuchli raqobatbardosh mavqega ega ekanligidan, Farg‘ona vodiysidagi KBS orasida katta ommabopligidan dalolat beradi. Uning asosiy tamoyillaridan biri mijozlar biznesini rivojlantirishda ishonchli sherik sifatida ishtirok etib, korporativ va xususiy mijozlarining ehtiyojlari uchun moslashuvchan yondashuv hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, bank kichik biznesning uncha katta bo‘lmagan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdan manfaatdor va bank rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi hududlarda aynan xususiy tadbirkorlar va kichik biznes subyektlarini har tomonlama moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mukammal mijozlar servisi, zamonaviy texnologiyalar asosida xizmatlar taqdim etish, ularga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish hisoblanadi.
YTTB tomonidan taqdim etilgan uzoq muddatli kredit resurslarining mavjudligi bankka respublika hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish imkonini beruvchi investitsiya loyihalarini yanada faolroq moliyalashtirishga imkon beradi.
Telefon raqami: +998 71 200 11 10
Reklama huquqi asosida.