Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘plab tomoshabinlar “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton Sulaymon va Xurram sultonning sevgi hikoyasi, shuningdek, undagi qahramonlarning ayyorona ishlarini diqqat bilan kuzatib bordi. Biroq serial xarizmatik ikkinchi darajali qahramonlarsiz mashhur bo‘lmas edi. Shu qahramonlardan biri Doya Xotun obrazi muxlislarning yodida Sulton Sulaymonning enagasi va Valide Sultonning sodiq xizmatkori sifatida yodida qoldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Muhtasham yuz yil” serialida Doya Xotun rolini turk aktrisasi Selma Kechik Karabel ijro etgan. Aktrisaning filmografiyasida ushbu serialdan tashqari ko‘plab loyihalar bor, biroq unga dunyo bo‘ylab mashhurlik keltirgan roli Doya Xotun obrazi bo‘ldi.

“Muhtasham yuz yil”dan keyin Kechik Karabelga rejissorlardan ko‘plab takliflar tusha boshladi. Aktrisaning so‘nggi loyihalaridan biri 2020-yilda ekranlarga chiqqan “Qizil xona” seriali bo‘ldi. Selma Germaniyada suratga olingan Love me filmida ham rol ijro etgan.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida juda kam ma’lumot mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, Kechik Karabelning turmush o‘rtog‘i vafot etgan. Ba’zi ma’lumotlarda aktrisaning qizi borligi aytilgan.

Foto: Popkorn News

Foto: Popkorn News
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzining ijtimoiy tarmoqlarda ham akkauntlari bor, u vaqti-vaqti bilan suratlarini sahifasiga joylab turadi. Muxlislarning aytishicha, aktrisa 57 yoshda bo‘lsa ham ajoyib ko‘rinishga ega.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi